№ 904 SAMARQAND VILOYATIDA BOʻSHAB QOLGAN OʻRINGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOSI SAYLOVINI OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 904 2019-yil 18-yanvar

SAMARQAND VILOYATIDA BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI SAYLOVINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 61-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Samarqand viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi 2019-yil 25-yanvar kuni soat 14:00da Samarqand viloyati hokimligining katta majlislar zalida o‘tkazilsin.

2. Mazkur qaror xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga ijro uchun yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov