№ 900 2018-yil 27-dekabr
XORAZM VILOYATIDA BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI SAYLOVI BO‘YICHA BO‘LIB O‘TGAN QO‘SHMA MAJLISDA SAYLANGAN F.ERMANOVNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI ETIB RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 58, 61-moddalariga va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. Xorazm viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha 2018-yil 26-dekabr kuni o‘tkazilgan qo‘shma majlisi bayonnomasiga asosan Farxod Urazboyevich Ermanov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib ro‘yxatga olinsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga hamda xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov