№ 898 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SH.M.MIRZIYOYEVNING 2018-YIL 6-NOYABRDAGI “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH BOʻYICHA TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA”GI QARORIDA BELGILANGAN VAZIFALARNING IJROSI

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 898 2018-yil 27-dekabr

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI Sh.M.MIRZIYOYEVNING 2018-YIL 6-NOYABRDAGI “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA”GI QARORIDA BELGILANGAN VAZIFALARNING IJROSI HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4004 son qarori hamda ushbu qaror ijrosi yuzasidan qabul qilingan Markaziy saylov komissiyasi Raisining 2018-yil 12-noyabrdagi 87-son farmoyishi shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Markaziy saylov komissiyasi a’zolari va Kotibiyat hodimlari tegishli vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda Prezident qarorining 1-ilovasiga muvofiq qabul qilingan “Saylov qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan barcha vazifalarning o‘z muddatida va izchil ijro etilayotganligi inobatga olinsin.

2. Markaziy saylov komissiyasining tashkiliy-shtat tuzilmasi 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.

3. Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati huzurida Prezident qarori asosida Markaziy saylov komissiyasining Reglamentini va Kotibiyat Nizomini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlari tarkibi 2, 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

4. Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari G.Raximovaning, Kotibiyat rahbari S.Kurbankulovning hamda doimiy asosda ishlovchi a’zosi O.Abdunazarovning Prezident qarori ijrosi yuzasidan bergan dastlabki axborotlari inobatga olinib, ularga ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish vazifalari topshirilsin.

5. Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyat rahbari S.Kurbankulovga:

- Kotibiyat xodimlarini yangi tashkiliy-shtat tuzilmasi asosida 2019-yilning 1-yanvaridan lavozimga qayta tayinlash bo‘yicha taklif kiritsin;

- bo‘sh ish o‘rinlariga malakali mutaxassislarni jalb etish choralarini ko‘rsin;

- barcha bo‘limlarni yetarli darajada xonalar va moddiy-texnik jihozlar bilan ta’minlasin;

- Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyatining har bir bo‘limi faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, samaradorligini oshirish va muvofiqlashtirish maqsadida doimiy asosda ishlovchi komissiya a’zolarini tegishli bo‘limlarga mas’ul etib belgilash vazifasi yuklansin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan doimiy asosda ishlovchi komissiya a’zolari va Kotibiyat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi doimiy asosda ishlovchi a’zosi O.Abdunazarovga:

- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda Prezident qarorining 2-ilovasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi a’zolari va Kotibiyat xodimlarining tashkiliy-shtat jadvalini ishlab chiqilganligi munosabati bilan uni Moliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazish;

- Markaziy saylov komissiyasi moliyaviy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, transport vositalari bilan ta’minlash uchun zarur mablag‘larni ajratilishini nazorat qilish vazifasi topshirilsin.

8. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi zimmasiga yuklansin.

RaisM. Abdusalomov