№ 885 BOʻSHAB QOLGAN OʻRINLARGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOLARI SAYLOVINI OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 885 2018-yil 28-avgust

BO‘SHAB QOLGAN O‘RINLARGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOLARI SAYLOVINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 61-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Namangan, Surxondaryo, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi bo‘yicha qo‘shma majlislari tegishincha:

– 2018-yil 5-sentabr kuni soat 11:00da Namangan shahar hokimligining ma’muriy binosida;

– 2018-yil 5-sentabr kuni soat 10:00da Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” katta majlislar zalida;

– 2018-yil 6-sentabr kuni soat 10:00da Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi” katta majlislar zalida;

– 2018-yil 7-sentabr kuni soat 10:00da Sirdaryo viloyat hokimligining ma’muriy binosida o‘tkazilsin.

2. Mazkur qaror xalq deputatlari Namangan, Surxondaryo, Navoiy va Sirdaryo viloyat Kengashlariga ijro uchun yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov