№ 884 SH.CHOʻLLIYEV VA R.SAIDOVNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOLARI ETIB ROʻYXATGA OLISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 884 2018-yil 6-avgust

Sh.CHO‘LLIYEV VA R.SAIDOVNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOLARI ETIB RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 58, 61-moddalariga va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. 2018-yil 31-iyul va 3-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi bo‘yicha qo‘shma majlislari bayonnomalariga asosan Shuxrat Askarovich Cho‘lliyev hamda Ruzi Tuychiyevich Saidov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari etib ro‘yxatga olinsin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga hamda xalq deputatlari Buxoro va Qashqadaryo viloyat Kengashlariga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov