№ 883 2018-yil 30-iyul
BO‘SHAB QOLGAN O‘RINLARGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOLARI SAYLOVINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 61-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi bo‘yicha qo‘shma majlislari tegishincha 2018-yil 31-iyul kuni soat 08:00 da Buxoro shahridagi “Yoshlar markazi”binosida hamda 2018-yil 3-avgust kuni soat 17:00 da Qarshi shahridagi viloyat hokimligining katta majlislar zalida o‘tkazilsin.
2. Mazkur qaror xalq deputatlari Buxoro va Qashqadaryo viloyat Kengashlariga ijro uchun yuborilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov