№ 847 BOʻSHAB QOLGAN OʻRINLARGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOLARI SAYLOVINI OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 847 2017-yil 18-avgust

BO‘SHAB QOLGAN O‘RINLARGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOLARI SAYLOVINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 61-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Andijon va Jizzax viloyatlari davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi bo‘yicha qo‘shma majlislari 2017-yil 21-avgust kuni tegishincha Andijon viloyati Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida va Jizzax viloyati musiqali drama teatrining binosida o‘tkazilsin.

2. Mazkur qaror xalq deputatlari Andijon va Jizzax viloyat Kengashlariga ijro uchun yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov