№ 844 2017-yil 11-avgust
FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI TOMONIDAN XALQ DEPUTATLARI TUMAN VA SHAHAR KENGASHLARI DEPUTATLIGIGA NOMZODLAR KO‘RSATISH TARTIBI BO‘YICHA USLUBIY TAVSIYALARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22 - 23-moddalari, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI :
1. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalariga ijro uchun, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga ma’lumot uchun yuborilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati rahbari S.Kurbonkulov zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov