№ 834 2017-yil 15-may
A.KURMANOV VA B.ASADOVNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOLARI ETIB RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 58, 61-moddalariga va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. Sirdaryo va Toshkent viloyatlari davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi bo‘yicha 2017-yil 13-may kuni o‘tkazilgan qo‘shma majlislari bayonnomalariga asosan Alisher Anvarovich Kurmanov hamda Botirjon Zakirovich Asadov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari etib ro‘yxatga olinsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga hamda xalq deputatlari Sirdaryo va Toshkent viloyat Kengashlariga yuborilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov