№ 833 2017-yil 10-may
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI KOTIBIYATI XODIMLARINI ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda Saylov qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks tadbirlar rejasining 11-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. 2017-yil 30-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati xodimlari attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining 33-son farmoyishi qabul qilinganligi, shuningdek Attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha savolnoma tuzilganligi, u Kotibiyat xodimlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tarqatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin1.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun Attestatsiya komissiyasi tuzilib, uning tarkibi 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
4. Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyatining barcha xodimlari ushbu qaror bilan tanishtirilsin.
5. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati boshlig‘i S.Kurbankulov zimmasiga yuklansin.
6. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov