№ 832 BOʻSHAB QOLGAN OʻRINLARGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING CENATI AʼZOLARI SAYLOVINI OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 832 2017-yil 10-may

BO‘SHAB QOLGAN O‘RINLARGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOLARI SAYLOVINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 61-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Toshkent va Sirdaryo viloyatlari davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi bo‘yicha qo‘shma majlislari 2017-yil 13-may kuni tegishincha Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Kimyogarlar” madaniyat saroyi binosida va Sirdaryo viloyati hokimligining katta majlislar zalida o‘tkazilsin.

2. Mazkur qaror xalq deputatlari Toshkent va Sirdaryo viloyat Kengashlariga ijro uchun yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov