№ 823 2017-yil 27-mart
SAYLOV QONUNCHILIGI VA HUQUQNI QO‘LLASH TAJRIBASINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA KOMPLEKS TADBIRLAR REJASI TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. Saylov qonunchiligi va huquqni qo‘llash tajribasini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks tadbirlar rejasi ijro uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Adliya vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar takliflariga asosan Saylov qonunchiligi va huquqni qo‘llash tajribasini takomillashtirish bo‘yicha Komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Komissiya zimmasiga:
– Saylov qonunchiligi va huquqni qo‘llash tajribasini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
– Saylov qonunchiligi va huquqni qo‘llash tajribasini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks tadbirlar rejasining har bir bandi bo‘yicha alohida ish rejasi tuzish va ma’sullar belgilash;
– hisobot oyidan keyingi oyning har 5 sanasiga qadar belgilangan tartibda amalga oshirilgan ishlar haqidagi axborot taqdim qilish vazifalari yuklatilsin.
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi va uning o‘rinbosari zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov