№ 815 2017-yil 8-fevral
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIGA 2016-YILDA KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi T.Shirinovning Komissiyaga 2016-yilda kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Joriy yilda Markaziy saylov komissiyasiga, shu jumladan, Xalq qabulxonalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasidan kelib tushadigan murojaatlarni o‘z vaqtida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va fuqarolarni qabul qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Ishonch telefoni” dushanba-juma kunlari soat 9 dan 18 gacha faoliyat yuritishi ta’minlansin va Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Umumiy bo‘lim mudiri G‘.Mashkurov hamda katta referent F.Nasriddinov unga mas’ul etib biriktirilsin.
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi S.Kurbankulov zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov