№ 806 SH.BABAYEVNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOSI ETIB ROʻYXATGA OLISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 806 2017-yil 23-yanvar

Sh.BABAYEVNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI ETIB RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 58, 61-moddalari, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Toshkent viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha 2017-yil 21-yanvar kuni o‘tkazilgan qo‘shma majlisi bayonnomasiga asosan Shukurullo Xabibullayevich Babayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib ro‘yxatga olinsin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov