№ 793 2016-yil 1-dekabr
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARINI AKKREDITATSIYA QILISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarining xolisona yoritib borilishini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarining xolisona yoritib borilishini ta’minlash bo‘yicha mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari 1-ilovaga, xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari 2-ilovaga muvofiq akkreditatsiya qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Matbuot xizmati (N. Nurmatov) akkreditatsiyadan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun belgilangan namunadagi guvohnomalarning (beyjiklarni) tayyorlanishi va ularga o‘rnatilgan tartibda topshirilishini ta’minlasin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
4. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari K. Adilov zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov