№ 792 2016-yil 1-dekabr
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVIDA QATNASHUVCHI XALQARO VA XORIJIY KUZATUVCHILARNI AKKREDITATSIYA QILISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taqdimnomasiga binoan, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016-yil 15-sentabrdagi 734-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashuvchi xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar to‘g‘risida”gi Nizomining 1, 2, 3-bandlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashuvchi xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar ilovaga muvofiq akkreditatsiya qilinsin.
2. Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati (S. Kurbankulov) akkreditatsiya qilingan xalqaro va xorijiy kuzatuvchilarga belgilangan namunadagi mandatlar tayyorlanishi hamda topshirilishini tashkil etsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi T. Shirinov zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov