№ 791 2016-yil 1-dekabr
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVINI O‘TKAZUVCHI OKRUG VA UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYALARI A’ZOLARINI MODDIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilish to‘g‘risida”gi 727-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ishlari saylov komissiyalari tomonidan uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Bugungi kunda ushbu muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish ishlarida okrug va uchastka saylov komissiyalarining barcha a’zolari faol ishtirok etishmoqda. Ularning faoliyatini moddiy rag‘batlantirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalari hamda Markaziy saylov komissiyasining 2016-yil 15-sentabrdagi 733-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalarining raislari, rais o‘rinbosarlari, kotiblari va barcha a’zolari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan bir yo‘la beriladigan eng kam ish haqi miqdorida moddiy qo‘llab-quvvatlansinlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan ushbu qaror ijrosini ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalariga ijro uchun yuborilsin.
4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi O. Abdunazarov zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov