№ 789 2016-yil 1-dekabr
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH YUZASIDAN AYRIM OKRUG SAYLOV KOMISSIYALARI RAISLARINING AXBOROTLARI TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar Dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan 5-Navoiy okrug saylov komissiyasi (N. Isoqov), hamda 11-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasi (X. Xamidov) raislarining axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari:
- saylov byulletenlarini har bir saylov uchastkasiga belgilangan tartibda va muddatlarda yetkazish ishlarini yakunlasin;
- uchastka saylov komissiyalari a’zolarining huquqiy bilimlarini oshirishga yo‘naltirilgan uchinchi bosqich seminar-treninglar yakuniga yetkazilsin;
- saylov jarayonlarida saylov qonunchiligi, shu jumladan Markaziy saylov komissiyasining tegishli Nizom va Yo‘riqnomalari talablariga qat’iy amal qilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi S. Kurbankulov zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov