№ 784 2016-yil 25-noyabr
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH YUZASIDAN AYRIM OKRUG SAYLOV KOMISSIYALARI RAISLARINING AXBOROTLARI TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar Dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan 4-Jizzax okrug saylov komissiyasi (A.Sattarov), 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi (I.Jurayev) raislarining axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalariga:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir taklifnomalarni uchastka saylov komissiyalari tomonidan har bir saylovchiga yetkazilishining ta’minlanishini nazorat qilish;
2016-yil 13-oktabrda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-treninglar to‘g‘risida”gi 755-son qaroriga muvofiq uchastka saylov komissiyalari a’zolarining huquqiy bilimlarini oshirishga yo‘naltirilgan uchinchi bosqich seminar-treninglarni samarali o‘tkazish;
saylovoldi tashviqoti materiallari 2-dekabr kuni soat 20 dan boshlab 3-dekabr soat 6 gacha olib tashlanishini ta’minlash vazifalari yuklansin.
Bunda:
saylovoldi tashviqoti materiallari deb saylovchilarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod uchun ovoz berishga undaydigan, ya’ni chaqiruvlar mavjud bo‘lgan plakatlar, bannerlar, risolalar, gazeta maqolalari va boshqa materiallar tushuniladi;
nomzodlarning tarjimai holi va dasturi aks etgan axborot materiallari (A-1 va A-3 shakldagi plakatlar) saylov kuni faqat saylov uchastkasida qoldiriladi.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi S. Kurbankulov zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov