№ 783 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGINING SAYLOV OKRUGLARI VA UCHASTKALARINING ALOQA VOSITALARI, SHU JUMLADAN INTERNET BILAN TAʼMINLANGANLIGI HOLATI YUZASIDAN AXBOROTI TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 783 2016-yil 25-noyabr

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGINING SAYLOV OKRUGLARI VA UCHASTKALARINING ALOQA VOSITALARI, SHU JUMLADAN INTERNET BILAN TA’MINLANGANLIGI HOLATI YUZASIDAN AXBOROTI TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 10-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglari hamda uchastkalarining aloqa vositalari, shu jumladan internet bilan ta’minlanganligi holati yuzasidan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, saylov okruglari va uchastkalari, shuningdek matbuot markazlariga mas’ul mutaxassislarni biriktirgan holda ularga uzluksiz va sifatli telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishini nazoratga olsin;

ayrim saylov uchastkalari, ayniqsa olis va borish qiyin bo‘lgan joylardagi saylov uchastkalari mobil aloqa vositalari bilan ta’minlanganiga qaramasdan ular bilan uzluksiz va sifatli aloqa o‘rnatish imkoni yo‘qligini inobatga olib, bunday saylov uchastkalarini sifatli aloqa vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari raislariga saylov okruglari va saylov uchastkalariga shartnoma asosida ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlarini belgilangan tartibda o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlash vazifasi yuklatilsin.

4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi S. Kurbankulov zimmasiga yuklansin.

RaisM. Abdusalomov