№ 777 O'ZB RES MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYaSINING “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVIGA TAYYoRGARLIK KO'RISh VA UNI O'TKAZISh BO'YIChA ASOSIY TADBIRLAR DASTURI”DA BELGILANGAN TADBIRLARNING IJROSI TAЪMINLANIShI TO'G'RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 777 2016-yil 17-noyabr

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH BO‘YICHA ASOSIY TADBIRLAR DASTURI”DA BELGILANGAN TADBIRLARNING IJROSI TA’MINLANISHI TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar Dasturi”da belgilangan tadbirlarning ijrosi ta’minlanishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi S. Qurbankulovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar Dasturi”ning 12, 24, 25, 27, 28, 29, 30, 31, 32-bandlari ijrosining ta’minlanishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi S. Qurbankulov zimmasiga yuklatilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari K. Adilov zimmasiga yuklansin.

RaisM. Abdusalomov