№ 772 2016-yil 28-oktabr
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVIDA BOSHQA DAVLATLAR, XALQARO TASHKILOTLAR VA HARAKATLARDAN KUZATUVCHILARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taqdimnomasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Nizomining 1, 2, 3-bandlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlardan va harakatlardan qatnashadigan kuzatuvchilar ilovaga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilsin.
2. Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati (S. Kurbankulov) ro‘yxatdan o‘tkazilgan xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarga belgilangan namunadagi mandatlar tayyorlash hamda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarga topshirilishini tashkil etsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari K. Adilov zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov