№ 771 OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARINI AKKREDITATSIYADAN OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 771 2016-yil 28-oktabr

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARINI AKKREDITATSIYADAN O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarining xolisona yoritib borilishini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarining xolisona yoritib borilishini ta’minlash bo‘yicha ommaviy axborot vositalarining ilovada ko‘rsatilgan vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Matbuot xizmati (N. Nurmatov) akkreditatsiyadan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun belgilangan namunadagi guvohnomalarni (beyjiklarni) tayyorlashni va ularga o‘rnatilgan tartibda topshirilishini ta’minlasin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari K. Adilov zimmasiga yuklansin.

RaisM. Abdusalomov