№ 770 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVIGA DOIR TAKLIFNOMANING NAMUNASI VA UNING TAVSIFINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 770 2016-yil 28-oktabr

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVIGA DOIR TAKLIFNOMANING NAMUNASI VA UNING TAVSIFINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir taklifnomaning namunasi 1-ilovaga;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir taklifnomaning tavsifi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2007-yil 18-sentabrdagi 321-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti cayloviga doir hujjatlarning namuna va shakllari to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandi va 19-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari K. Adilov zimmasiga yuklansin.

RaisM. Abdusalomov