O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1474 2026-yil 6-oktabr
Ayrim hududlarda Saylov kodeksi normalarining bir xil tarzda qo‘llanilishini hamda saylov komissiyalari faoliyatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Andijon, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida saylov qonunchiligini bir xil tarzda qo‘llanilishi, mahalliy Kengashlar deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlariga saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish amaliyoti, saylov komissiyalari va saylovlarni moddiy-texnik ta’minlanganligi hamda saylov jihozlarining saqlanish holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ishchi guruhining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimliklar hamda saylov komissiyalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ishchi guruhining ma’lumotnomalarida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida ularga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur choralarni ko‘rsinlar, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha 2027-yil 5-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga batafsil ma’lumot taqdim etsinlar.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev