O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1451 2025-yil 29-oktabr
Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalarining ayrim yangi a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 19-moddalariga muvofiq hamda xalq deputatlari Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalarining ayrim yangi a’zolari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror xalq deputatlari Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar Kengashlariga hamda tegishli hududiy saylov komissiyalariga yuborilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev