O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1445 2025-yil 11-sentyabr
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati E. Hayitovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. 67-Qashqadaryo viloyati saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi a’zosi Hayitov Erkin Shaymardonovich boshqa ishga o‘tganligi va shu munosabat bilan bergan arizasiga muvofiq uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
2. Hayitov Erkin Shaymardonovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarilsin.
3. Mazkur qaror nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga yuborilsin.
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
Rais Z. Nizamxodjayev