№1444 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati M. Istamovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1444                                                  2025-yil 11-sentyabr

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati M. Istamovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ro‘yxati asosida saylangan deputat Istamov Maxmud Shuxratovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

 

2. Istamov Maxmud Shuxratovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarilsin.

 

3. Mazkur qaror nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga yuborilsin.

 

4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                     Z. Nizamxodjayev