O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1427 2025-yil 6-fevral
Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida
Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylov o‘tkazilishini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 26 va 93-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 4-Ravot saylov okrugida, xalq deputatlari G‘ijduvon tumani Kengashining 14-Soktari saylov okrugida, xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining 15-Jarqishloq va 17-To‘la saylov okruglarida, xalq deputatlari Denov tumani Kengashining 10-Zarafshon saylov okrugida, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining 21-Karmaki saylov okrugida, xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining 21-Zarafshon saylov okrugida va xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashining 1-Nov va 11-Ishchilar shaharchasi saylov okruglarida hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 16-Algoritm saylov okrugida, xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashining 15-Shofayzi va 21-Bo‘ston saylov okruglarida bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovi tayinlansin.
2. Ayrim saylov okruglarida bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovi 1-ilovaga muvofiq belgilangan muddatlarda o‘tkazilsin.
3. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlar rejasida ko‘rsatilgan saylov jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi tegishli munosabatlar “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga belgilangan tartibda davlat hokimiyati vakillik organlarining bo‘shab qolgan o‘rinlariga deputatlar saylovini tayinlash tavsiya etilsin.
6. Ushbu qaror xalq deputatlari Zarbdor, G‘ijduvon, Sho‘rchi, Denov, Qiziriq, Bekobod, Uchtepa, Shayxontohur tumanlari va Yangiyo‘l shahar Kengashlariga, Zarbdor, G‘ijduvon, Sho‘rchi, Denov, Qiziriq, Bekobod, Uchtepa, Shayxontohur tumanlari va Yangiyo‘l shahar hokimliklariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va tegishli hududiy saylov komissiyalariga yuborilsin.
7. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti va boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev