O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1426 2025-yil 6-fevral
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosini nazorat qilish Markaziy saylov komissiyasi kotibi X.Mamatov hamda Kotibiyat rahbari A.Ro‘ziyev zimmasiga yuklatilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
Rais Z. Nizamxodjayev