O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1423 2024-yil 5-dekabr
Samarqand va Xorazm viloyatlari hududiy saylov komissiyalarining doimiy asosda ishlovchi kotiblarining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 25-moddalariga muvofiq, shuningdek Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi A. Aktamov va Xorazm viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi Sh. Matyusupovlarning o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida bergan arizalariga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi Aktamov Amrillo Axad o‘g‘li hamda Xorazm viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi Matyusupov Shoximardon Jololaddinovichning vakolatlari tugatilsin.
2. Mazkur qaror xalq deputatlari Samarqand va Xorazm viloyatlari Kengashlariga hamda tegishli hududiy saylov komissiyalariga yuborilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev