№1421 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1421                                                  2024-yil 16-noyabr

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida” 2024-yil 14 noyabrdagi PF–187 - son Farmoniga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 75-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari ilovaga muvofiq ro‘yxatga olinsin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

 

3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ro‘yxatga olingan a’zolariga belgilangan tartibda guvohnoma va ko‘krak nishonlari berilsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                          Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA