№1420 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1420                                                  2024-yil 16-noyabr

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

2024-yilning 7-12-noyabr kunlari o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining qo‘shma majlislari bayonnomalariga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 85-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari ilovaga muvofiq ro‘yxatga olinsin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

 

3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ro‘yxatga olingan a’zolariga belgilangan tartibda guvohnoma va ko‘krak nishonlari berilsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                              Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA