O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1418 2024-yil 2-noyabr
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari sayloviga doir ayrim hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 79-84-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari qo‘shma majlisi Maslahat kengashi yig‘ilishi bayonnomasining namunasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari sayloviga doir saylov byulletenining namunasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari qo‘shma majlisi sanoq komissiyasi bayonnomasining namunasi 3-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari qo‘shma majlisi bayonnomasining namunasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari sayloviga doir ayrim hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 8-yanvardagi 1021-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Ushbu qaror nusxasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga yuborilsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev