O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1417 2024-yil 2-noyabr
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qo‘shma majlisini chaqirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 76 va 78-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining qo‘shma majlislari 2024-yilning 7-12-noyabr kunlari ilovaga muvofiq o‘tkazilsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmalariga deputatlarning qo‘shma majlislarini o‘tkazishga oid tashkiliy masalalarni hal etish vazifasi yuklatilsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari saylangan Oliy Majlis Senati a’zolarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qo‘shma majlisning bayonnomasini ikki kundan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga yuborilishini ta’minlasin.
4. Ushbu qaror nusxasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborilsin.
5. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z.Nizamxodjayev