№1415 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1415                                                  2024-yil  31-oktyabr

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 73, 85-moddalari hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 20-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarori qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining guvohnomasi namunasi va tavsifi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining ko‘krak nishoni namunasi va tavsifi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq;

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining guvohnomasiga transportda tekin yurish huquqini beradigan ilova varaqasining namunasi va tavsifi 4 va 4a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida belgilangan deputatning va senatorning transportda tekin yurish huquqi amalga oshirilishini ta’minlasin.

 

3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risida” 2020-yil 6-yanvardagi 1018-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

 

4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

5. Ushbu qaror nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga yuborilsin.

 

6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                   Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA