№1414 Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga partiyalar ro‘yxati asosida saylangan deputatlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№1414                                                  2024-yil  31-oktyabr

 

Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga partiyalar ro‘yxati asosida saylangan deputatlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 73, 961 va 97-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga partiyalar ro‘yxati asosida saylangan 75 nafar deputat ilovaga muvofiq ro‘yxatga olinsin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

 

3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ro‘yxatga olingan deputatlariga belgilangan tartibda guvohnoma va ko‘krak nishonlari berilsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                         Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA