O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1394 2024-yil 3-oktabr
Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 19 va 25-moddalariga muvofiq hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tavsiyasiga binoan Hamdamov Najim Mavlonberdi o‘g‘li Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi etib tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
3. Mazkur qaror nusxasi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga hamda Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasiga yuborilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev