O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1391 2024-yil 27-sentabr
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylov kampaniyasi davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 101-moddalari hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4, 24 va 35-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi M. Xusanovaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylov kampaniyasi davrida Markaziy saylov komissiyasiga 2024-yil 26 iyul – 23-sentyabr kunlari jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylov kampaniyasi davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari ilovaga muvofiq ma’qullansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi X. Mamatov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev