O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1378 2024-yil 20-sentabr
Bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 40-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ilovaga muvofiq ro‘yxatga olinsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi (X. Mamatov):
ushbu qarorning ko‘chirmasini hududlar kesimida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va hududiy saylov komissiyalari tomonidan mahalliy matbuotlarda e’lon qilinishini;
mazkur qaror nusxasini siyosiy partiyalarga yuborilishini ta’minlasin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev