№1377 Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari hududiy saylov komissiyalarining ayrim a’zolari vakolatlarini tugatish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1377                                                  2024-yil  18-sentyabr

 

Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari hududiy saylov komissiyalarining ayrim a’zolari vakolatlarini tugatish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 25-moddalariga muvofiq, shuningdek Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasining a’zosi I.Umarova, Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasining a’zosi X.Kurbanov, Sirdaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining a’zosi A.Esanov, Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasi a’zosi H.Shermatovaning o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida bergan arizalariga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari hududiy saylov komissiyalarining ilovaga muvofiq ayrim a’zolari vakolatlari tugatilsin.

 

2. Mazkur qaror xalq deputatlari Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari Kengashlariga hamda tegishli hududiy saylov komissiyalariga yuborilsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                                 Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA