Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№1353 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga 2024-yilning birinchi yarim yilligi davomida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1353                                                  2024-yil  19-iyul

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga 2024-yilning birinchi yarim yilligi davomida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalari hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4, 24 va 35-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi M. Xusanovaning 2024-yilning birinchi yarim yilligi davomida Markaziy saylov komissiyasiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga 2024-yilning birinchi yarim yilligi davomida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari ilovaga muvofiq ma’qullansin.

 

3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga jismoniy va yuridik shaxslardan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali kelib tushadigan murojaatlar o‘z vaqtida, belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va fuqarolarni qabul qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilishi ta’minlansin.

 

4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                 Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA