№1329  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1329                                                   2024-yil  27-may

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 18-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 24-avgustdagi 928-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                     Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA