№1328 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati rahbari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1328                                                   2024-yil  13-may

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati rahbari to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-son Konstitutsiyaviy Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16 va 17-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi PF-19-son Farmoni hamda Markaziy saylov komissiyasi Raisining 2024-yil 29-fevraldagi 22-son farmoyishi bilan Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati tuzilmasiga Kotibiyat rahbari lavozimi kiritilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

 

2. Markaziy saylov komissiyasi kotibi X.T.Mamatov Kotibiyat rahbari vazifasini bajarishdan ozod qilingan deb hisoblansin.

 

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                              Z.Nizamxodjayev