№1314 Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1314                          2023-yil 3-iyul

 

 

Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 8, 14, 16 va 33-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentyabrdagi 938-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. 2023-yil 9-iyulda bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar ilovaga muvofiq akkreditatsiya qilinsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i (A. Nurmuxamedov) akkreditatsiya qilingan xalqaro kuzatuvchilar uchun belgilangan namunadagi mandatlar tayyorlanishini hamda ularga topshirilishini tashkil etsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Rais                                                                               Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA