№1277 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod A.X. Xamzayevning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 1277 2023-yil 6-iyun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod A.X. Xamzayevning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Xudoykulovich Xamzayevning taqdimnomasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 43-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 936-son qarori bilan tasdiqlangan Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Xudoykulovich Xamzayevning ishonchli vakillari ilovaga muvofiq ro‘yxatga olinsin:

 

2. Ishonchli vakillarga belgilangan tartibda guvohnoma topshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi X.Mamatov zimmasiga yuklansin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

RaisZ. Nizamxodjayev