Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№1276 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod R.A. Maxmudovaning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№1276                          2023-yil 6-iyun

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod R.A. Maxmudovaning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Robaxon Anvarovna Maxmudovaning taqdimnomasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 43-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 936-son qarori bilan tasdiqlangan Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Robaxon Anvarovna Maxmudovaning ishonchli vakillari ilovaga muvofiq ro‘yxatga olinsin.

 

2. Ishonchli vakillarga belgilangan tartibda guvohnoma topshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi X.Mamatov zimmasiga yuklansin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

 

Rais                                                                            Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA