Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1226 O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan ayrim okrug komissiyalari raislarining axborotlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1226                          2023-yil 5-aprel

 

 

O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan ayrim okrug komissiyalari raislarining axborotlari to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18 va 20-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish kalendar rejasini tasdiqlash haqida” 2023-yil 16-martdagi 1209-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida referendum o‘tkazuvchi 6-Namangan okrug komissiyasi (S.Turg‘unov), referendum o‘tkazuvchi 8-Sirdaryo okrug komissiyasi (P.Axmedjanova), referendum o‘tkazuvchi 12-Xorazm okrug komissiyasi (B.Abdullayev) raislarining axborotlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazuvchi okrug komissiyalari raislari:

 

O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish Kalendar rejasida belgilangan tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi nazorat qilinishini;

 

referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarini tuzish bo‘yicha belgilangan tartib qoidalar so‘zsiz bajarilishini;

 

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va siyosiy partiyalardan kuzatuvchilarga arizalar kelib tushishiga qarab, belgilangan namunadagi mandatlarni besh kunlik muddatdan kechiktirmay topshirilishini taʼminlasin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                          Z. Nizamxodjayev