Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№1210 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING REFERENDUMI OKRUGLARINI TUZISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1210                          2023-yil 16-mart

 

 

O‘zbekiston Respublikasining referendumi okruglarini tuzish to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15 va 18-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Quyidagi O‘zbekiston Respublikasining referendumi okruglari tuzilsin:

 

1-Qoraqalpog‘iston referendum okrugi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi chegarasida);

 

2-Andijon referendum okrugi (Andijon viloyati chegarasida);

 

3-Buxoro referendum okrugi (Buxoro viloyati chegarasida);

 

4-Jizzax referendum okrugi (Jizzax viloyati chegarasida);

 

5-Navoiy referendum okrugi (Navoiy viloyati chegarasida);

 

6-Namangan referendum okrugi (Namangan viloyati chegarasida);

 

7-Samarqand referendum okrugi (Samarqand viloyati chegarasida);

 

8-Sirdaryo referendum okrugi (Sirdaryo viloyati chegarasida);

 

9-Surxondaryo referendum okrugi (Surxondaryo viloyati chegarasida);

 

10-Toshkent viloyat referendum okrugi (Toshkent viloyati chegarasida);

 

11-Farg‘ona referendum okrugi (Farg‘ona viloyati chegarasida);

 

12-Xorazm referendum okrugi (Xorazm viloyati chegarasida);

 

13-Qashqadaryo referendum okrugi (Qashqadaryo viloyati chegarasida);

 

14-Toshkent shahar referendum okrugi (Toshkent shahri chegarasida).

 

2. Referendum okruglari kesimida 2023-yil 15-mart holatiga Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimidagi referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar soni hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim qilingan referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari joylashadigan manzillari ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek, boshqa manbalarda eʼlon qilinsin.

  

Rais                                                                       Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA