№ 1197 F.ERMANOVNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI A’ZOLARI RO‘YXATIDAN CHIQARISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 


№ 1197                                                    2022-yil  26-dekabr

 

 

F.Ermanovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Farxod Urazboyevich Ermanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 2022-yil 17-dekabrdagi 295/XXXIX-sonli Qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi lavozimiga tayinlanganligi hamda shu sababli bergan yozma arizasiga muvofiq uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin. Shu munosabat bilan Farxod Urazboyevich Ermanov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarilsin.

 

2. Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hamda xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashiga yuborilsin.

 

3. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                                  Z.Nizamxodjayev